К основному контенту

SHE'RLAR




OQIBAT.
Beli og`rimay pul topgan odam
Bilarmi xar to`gram nonning qadrini,
Bir kunlik ovqatin sarfini olsang,
Kambag`alning bir oy to`qlar qornini.
Otasini moli bor ko`kragi kerik
Peshonasidan tomchi teri oqmagan
Mingan otimas, yurgan yo`limas,
Kuchini sariflab bir so`m topmagan.
O`rtog`im deb qo`lingni uzatsan unga
Qo`lin uchini berib  mensimas ,
Bolam kasal, uch to`rt so`m qarz qip tur o`rtog`___ desang
Undan bechora inson topilmas.
Eeeeeeeeey erkakmisan erkaklar qatorida yur,
Dadangni  moliga buncha kerilma,
Bandasan bandalar qatorida tur
Omonat dunyoga mangu berilma.
Biz uchun o`n ming xam bir etak pulday
500 so`m qarz xam, dunyocha qarzday
Uxlolmay chiqamiz, bo`lsak andak qarz,
Qarzni vaqtida beish xam emasmi bu farz.

PULINGA QARAB OYOQ UZATMA, KO`RPANGA QARAB OYOQ UZAT.
PESHONA TERI QILIB PUL TOPIB UYIGA BIR BOXONKA NON OPKIRGAN ODAM XECHAM KAM BO`MEDI, SINMEDI. 

www.elziyo.blogspot.com

ELMUROD BAXTIYOROVICH  10.05.2017


LOLAM
Qara daraxtlarning yaprog`I sariq
Bir bir to`kilyapti umri xazoni
Lolamning yuzlari ketdi o`zgarib
Yettimi ularga umr mezoni.
Bilasan senga muxabbatimni
Ketmagin mendan uzoqqa lolam
Yoz qilib beraman senga bag`rimni
Ketsang menga tor bo`lar bu yoruq olam.

Ketmagin mendan ketmagin lolam.

Elmurod Baxtiyorovich  16.11.2016

XAYOT
Umr sham kabi bir yonob o`char
Laxzada keladi xayotning oxri
Kimdur soatlab, kim, qarichlab o`lchar
Kimdur boyvachcha, kimda alamning zaxri.
Xayot berilar insonga bir bor
Yashagin qayg`uni unutgil butkul
Ko`nglingni keng tutgin to`rtmuchchang sog`mi,
Olloxdan sabirla, mukofot kutgil.
Jilmayib tursa, farishta onang,
Ikki qo`li duoda qaddi  tog` otang,
Xayotning roxati ular qalbida
Ulardan o`rgansang to`lmas paymonang.
Farzanding ilk bora dadajon desa
Jajji oyoqlarida ilk qadam qo`ysa
Mexribon ayoling, uyinga kirsang
Shirin taomlarni yoningga qo`ysa.
Aytchi senga yana nimalar kerak
Xayot barchasini mujassam qilsa
O`kinma so`kinma kelsada qayg`u
Erkaksan boshingni baland tut xar dam
Senga xam keladi bir yoriq yog`du
Ajabmas ko`nglingda tug`ulsa chiroyli tuyg`u
O`shan kuylaysan xayot zavqin,i
Oyoqda sezasan yerning taftini,
Osmonni ko`rasan musaffoligin,
Bilasan xayotning ox shirinligin.

Elmurod Baxtiyorovich  09.11.2016


Vatan
Vatan kindik qonim to`kilgan go`sham
Vatan qalbimga yorug`lik taratgan bir sham
Vatan quchog`ingda o`sdim xech ko`rmay bir kam
Vatan muqaddassan muqaddas o`lkam.

Tuprog`ing ko`zimga surtaman seni
Jannat suvlaringdan qonib ichaman
Mayli men o`zgada shox, sulton bo`lay
Baribir qumsayman, sevaman seni.

Vatan muqaddassan muqaddas onam
Seni ko`zlarimga qorachiq qildim
Senga gart yuqmaydi yovuz bo`rondan

Seni vujudimga tanda jon bildim.


Elmurod Baxtiyorovich    01.11.2016



       ATIRGUL
Bir atirgul tikanakga oshiq ekan
Tikanak xam atirgulga moshiq ekan
Kuz kelibdi tikanakni zaxri o`sib
Atirgulga tikanlarin sanchir ekan.

Atirgulxam nima qilsin uni sevar
Azobiga sevaman deb ko`z yumarkan
Shu qissadan atirgulni tikani bor

Atirgulni tikanakdan alami bor.

Elmurod Baxtiyorovich  22.10.2016



O`KINCH
Bilaman sen xali anchagina yosh
Balki muxabbatga ishonmaysan sen 
Ammo bilki muxabbat tanlamaydi yosh
Mening bu baytimni tushunmaysan sen.
Sog`inaman sog`inchim o`zimga ayon
Sevinaman sevinchim o`zimga ayon 
Kuyinaman kuyganim dardimdan ayon
Ketarman muxabbat eltadi qayon.
Ko`zingni mayusi qalbimda qolgan
Surating siyrati dardimni olgan
So`zlaring shirasi ko`nglimda qolgan
Ketarman muxabbat izidan qolgan.
Lablarim saxroyu cho`llari kabi
Bir tomchi dudog`ing namlashiga zor 
Layli majnunini tashlagan kabi
Sen ketding ortinga qayrilmay ey yor.

.....
Elmurod Baxtiyorovich   01.10.2016





YOLG`IZIM

Qoshingday qoraydi qora tun


Yulduzdek uchdingmi yulduzim,


Nechun ming aylandi bu gardish


Men xamon yolg`izman yolg`izim.


Gavxarim gavxarga chopdingmi?


Bir dunyo bo`lrdim men o`zim.


Tengsizim tengingni topdingmi?


Men xamon yolg`izman yolg`izim.


Suymadim o`zga bir sanamni,


Yo qalbim ko`r bo`lgan yo ko`zim


Men yolg`iz o`g`lidim onamni


Men xamon yolg`izman yolg`izim.


Sen erka o`g`lingni erkala


Tizzamni quchoqlay men o`zim


Ko`ksimda yig`laydi bir nola



Men xamon yolg`izman yolg`izim.


Elmurod Baxtiyorovich  01.12.2015




YURAGIM

Nima qilay oshiqman senga


Balki senga yo`qdur keragim,


Ko`nglimga mayli ozor berginu


Ammo bu qadar ezma yuragim.


Tunlari bedor o`ylayman seni


Ichimda qoldiku orzu tilagim,


Menga malyi sevaman dema


Ammo bu qadar ezma yuragim.


Men seni sog`inib borsam yoninga


Xolingni ko`rib kelar so`ragim


Menga beparvo bo`lasan nega,



Faqat bu qadar ezma yuragim.


Elmurod Umirzaqov 23.02.2013



KETDIM.


Ketdimu ortimga qaytolmay qoldim

Eng so`ngi so`zimni aytolmay qoldim,


Bevafo bevafo dardim bedavo


Buga sabab xiyonating bevafo.


Sen yo`qsan xayotim, qalbimxam bo`m bo`sh


Ishqning bozorida mening narxim yo`q


Xursandmisan ayt nurjaxonim xo`sh


Kelib ko`r telbadan mening farqim yo`q.


Kettimu ko`changdan o`tolmay qoldim


G`azabdan o`zimni tiyolmay qoldim


Yashirmayman tunlari ko`z yoshim daryo


Judaxam sog`inib ketaman goxo.


Sevaman qalbingni nolasigacha


Sevaman sochingni tolasigacha


Bilgin nega o`zga qo`lini tutdim


Seni faqat seni unutish uchun


Uni men senchalik baliki sevmasman,


Ammo butun umr tashlab ketmasman,


Yillar o`tib ko`zlar tushshganda ko`zga


Tilimi kelmasa biron bir so`zga


Istayman seniga ham baxting ko`rmoqni


O`zimxam baxtiyor yashab o`lmoqni


Bir kuni senu-men baxt toparmiz axir



Ammo ikki o`rtada sevgiga og`ir.


Elmurod Umirzaqov  25.03.2012


FROQ.

Jonimga bog`lanib ketibsiz,


Bog`lanib ketibsiz zulfimga,


Siz mening umrimga o`tibsiz


Aylanib qolibman mulkizga


Sog`inchim kunlarni nimtalar,


Intizor yuribman qo`lizga


Yuragim ko`ksimni tindalar


Aylanib qolibman mulkizga


Dardimni aylanib o`taman


Shu jonim bo`linar qirqminga


Xayoliz ortidan ketaman


Aylanib qolibman mulkizga


Tunlari qalqidi ko`zda yosh


Nimadur o`rmalar ko`ksimga


Kimsiz ey men sevgan nur quyosh


Aylanib qolibman mulkizga


Men xam bir joduni o`rganib


Aylanib qolaman tilsimga


Siz esa xajrimda o`rtanib



Aylanib qolasiz mulkimga.

Elmurod Umirzaqov  23.05.2014




O`ZBEKISTONIM

Ko`zimni yoshladi bugungi suxbat,

Bag`rimni g`ashladi bemani g`iybat,

Yurtimni sevaman jondan sevaman,

Yurtfurushlar men uchun bir uyum axlat.

Yurtim deb uningchun kuymog`lik kerak,

Uning shukronasin qalbda tuymog`lik kerak,

Senga sodiqman to tanda jonim

Mening baxt yuldizim O`zbekistonim.

Senga xech kimsa otolmaydi tosh

Farzanding ko`zidan to`kolmaydi yosh,

Boshim uzra mustaxkam qal`a qo`rg`onim


Mening g`ururim, orim O`zbekistonim.


Elmurod Baxtiyorovich 05.10.2016



   Alam

Alam qilsin ko`zlarimni ko`rolmaysan
Alam qilsin yuzlarimni silolmaysan
Alam qilsin diydorimga to`yolmaysan
Mani tashlab o`zgalarni suydingmi sen
Birga yurgan kunlarimni eslamayman
Senla o`tgan onlarimni o`ylamayman
Qo`ng`irog`ing kutmaganman biron marta
Sani sevib sevgi nima bilmaganman
Aytishadi daraxt to`la qizlar bor deb
Bir tepasan xozir qiz mas yigit tushar
Tillosini topdingmi sen tanlab yor deb
Qulog`ini orqasida oyi bor deb
Meni atar yaqinlarim rayxon qiz deb
Rayxonlardan xushbo`y shirin insonsiz deb
Shunday ekan rayxonlardur tengim mening
Cho`lda o`sgan yantoqlarga teng emasman
Suvsiz o`sgan tikanlarga zor emasman

Sevgim ko`rib bilmaganga yor emasman

Elmurod Baxtiyorovich  26.10.2016



 Guljonim.


Gulim gulandonim guljonim


G’uncha atirgulim, xushbo’y iforim

Oxu ko’zligim, chashma yuzligim

Oy xasatda xusningdan, nafis ilxomim

Shabnam tomib yuzingni oxista silar

Shu shabnam bo`lishga istagim bisyor

Quyosh allalatib boshingda turar

Shul quyosh bo`lsaydim atiga bir bor

Gulim gulandonim guljonim

Yaprog`ing tutib sherlar aytaman

Baxshida etaman umrimni senga

Gulim gulandonim guljonim

Chiroying taratgin, kulib boq menga.

G’uncha atirgulim poyingda turib

Termulib ko`zlarim senga to`ymaydi

Gulzorda gullarni juda ko`p ko`rib

Bildimki xech bir gul senga yetmaydi

Gulim gulandonim guljonim

G’uncha atirgulim, xushbo’y iforim

Maylimi yoningda tongacha qolsam

Quyosh chiqishini kuzata olsam.

Gulim gulandonim guljonim

Kuzning shamolida yaprog`ing to`kma

Qo`rqmagin qishning qaxratonidan

Kaftimda tutaman kelguncha baxor

Joy olgin ko`ksimni olovdonidan

Gulim gulg`uncham guljonim

Qirmizi labingdan bo`salar olib

Yaprog`ing ostida oromim olsam

Iforing isidan uyquga ketib

Jannat eshigida bir tinim olsam.

Gulim guljonim gulandonim.


Elmurod Baxtiyorovich  26.10.2016





Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Elmurod Baxtiyorovich

Assalomu alaykum aziz blogim mexmonlari. Men Elmurod Baxtiyorovich o`zimni shaxsiy blogimni ochdim bunda menga WWW.BLOGSPOT.COM sayti yordam berdi. Men bundan juda xam xursandman. Men yoshligimdan she'r yozishga qiziqar edim va sherlarim varoqlarda uyog` buyog`larda yotaib yo`qolardi mana endi xech qaysi  she`riy maxsulim yo`qolmaydi va nafaqat men qolaversa butun dunyo ko`rib o`qib chiqsa bo`ladi.  TRANSLATE bo`limi orqali xoxlagan dunyo tillariga tarjima qilsa bo`ladi. Etiboringiz uchun katta raxmat.